Back

Buxoroda angioplastika amaliyoti bemorni oyoq amputatsiyasidan saqlab qoldi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida oyoq arteriyalari angioplastikasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Filialga oyoqlarida tunda kuchli og‘riq kuzatilishi va og‘riq tufayli yura olmaslik shikoyatlari bilan murojaat qilgan bemor qon tomir jarrohlari hamda intervensional radiologlar tomonidan statsionar davolanishga yotqizildi.

Bemorda yuqori texnologik, kam invaziv operatsiya muvaffaqiyatli bajarilishi natijasida oyoqni yuqori sathda amputatsiya qilishning oldi olindi.

“Yangi O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida yuqori texnologik operatsiyalar soni va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Natijada yangi, kam invaziv va murakkab jarrohlik amaliyotlari viloyat markazlarida ham bajarilmoqda.

Filial axborot xizmati qayd etishicha, bunday zamonaviy amaliyotlarning joriy etilishi kelgusida nogironlikni kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Сообщение Buxoroda angioplastika amaliyoti bemorni oyoq amputatsiyasidan saqlab qoldi появились сначала на Buxoroisharif.uz .

The full article is being collected. Available text is shown for now.

Back
Share this story

Get the daily newsletter →

Ask globalread.info

AI news & website helper
What would you like to explore?

I can find stories, explain headlines, or help you use globalread.info.

AI can make mistakes. Check the linked sources. Questions are sent to OpenAI.