“Ukamni bu ahvolda ko‘rish men uchun og‘ir” — Ronalduning opasi

Ronaldu Norvegiyaga qarshi o‘yinda zaxirada qolganidan so‘ng Portugaliya terma jamoasi lagerini o‘zboshimchalik bilan tark etgandi. Bu muxlis va mutaxassislar o‘rtasida tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyro 41 yoshli futbolchi bilan bog‘liq mojaro haqida gapirdi.
“Men xafaman, chunki portugaliyaliklar, afsuski, ukamning avvalgi qilgan ishlarini unutib, endi hamma narsa boshqacha bo‘lishi kerak deb o‘ylashmoqda.
Nima deyishga ham hayronman; Krish bularning barchasini boshidan kechirayotganini ko‘rish men uchun juda og‘ir. U bunday munosabatga loyiq emas”, dedi Aveyro.
Ronaldu UEFA Millatlar Ligasidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yinda (2:1) zaxirada qolganidan so‘ng Portugaliya terma jamoasi lagerini o‘zboshimchalik bilan tark etgandi. Bu muxlis va mutasassislar o‘rtasida tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Jumladan, Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, o‘z vaqtida Ronanldu bilan “MYU”da birga to‘p surgan Ueyn Runi uning bu ishini qoralagan edi.
Portugaliya futbol federatsiyasi mazkur voqea tufayli Ronalduga nisbatan intizomiy ish ochib, uni vaqtincha terma jamoadan chetlatdi.
Muharrir
Yokubjon Babadjanov
Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.
Siz qanday fikrdasiz?
Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.